avatar
Куч
27.76
Рейтинг
+10.18

Djalilov Komil Qudratovich

Мақолалар

Aziz abituriyentlar va ingliz tili o’qituvchilari!

Блог им. komil1

"English: Key to Success" Part 2 Cover


 


Aziz abituriyentlar va ingliz tili o’qituvchilari!


 


DTM ekspertlari tomonidan yaratilgan “English: Key to Success” kitobining ikkinchi qismi nashrdan chiqdi!


 


Kitobda:


— ingliz tili grammatikasining barcha bo’limlarini mustahkamlash uchun mashqlar;


— har bir mavzu bo’yicha bilimingizni tekshirish uchun diagnostik testlar va “review” testlar;


— DTM testlariga tayyorlanish uchun 36talik testlar;


— matnlar asosidagi savollar (reading) bilan ishlash bo’yicha tavsiyalar;


— DTM savollar bazasidagi ayrim matnlarning tahlili;


— “reading” savollariga tayyorlanish uchun mashqlar;


— “lexical and grammar competences” savollariga tayyorlanish uchun mashqlar;


— ingliz tilida esse (argumentative essay) yozish bo’yicha tavsiyalar va esse namunalari.


 


Diqqat, aziz ustozlar! Agar Siz DTM tomonidan o’tkaziladigan “chet tillar o’qituvchilariga oylik ustama belgilash test sinovlari”ga tayyorlanmoqchi bo’lsangiz, kitobga kiritilgan o’tgan yilgi test sinovlarida ishlatilgan savollar bazasi Sizga yordam beradi!

"English: Key to Success" - Ingliz tilini o'rganuvchilar uchun yangi manba

Блог им. komil1

"English: Key to Success" cover page


 


DTM ekspetlari tomonidan “English: Key to Success” nomli yangi ikki qismdan iborat qo’llanma nashr qilindi. Qo’llanma abituriyentlar, ingliz tili o’qituvchilari va tilni mustaqil o’rganuvchilarga mo’ljallangan bo’lib, DTM tomonidan o’tkaziladigan imtihonlar — oliy o'quv yurtlariga kirish test sinovlari, chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlari berish testi hamda chet tili o’qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o’tkaziladigan test sinovlariga tayyorlanish uchun foydali manba bo’lib xizmat qiladi.